Yig`ma axborot-tahlil bo`limi

Boʻlimning faoliyati “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5024-sonli Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2915-sonli qarori, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizomi, boshqarmadagi ichki mehnat tartibi qoidalari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma, boshqarma boshligʻining buyruqlari va topshiriqlari, shuningdek boshqarmaning yarim yillik va yillik ish rejalari, boʻlimning yarim yillik ish rejasi asosida tashkil etiladi. Boʻlimning tuzilmasiga boʻlim boshligʻi, 1 ta bosh mutaxassis va 1 ta yetakchi mutaxassis kiradi. Yigʻma axborot-tahlil boʻlimi Navoiy viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Xayʼati qarorlari,topshiriqlari, Qoʻmita Raisining qaror va buyruqlari, boshqarma boshligʻi buyruqlari, topshiriqlari shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. Boʻlim faoliyati ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklash sohasida – boshqarma faoliyatiga oid axborotlarni yigʻish, jamlash va tahlil qilish, shu bilan birga tahliliy faoliyat boʻyicha ishlarni rejalashtirish, tashkiliy-boshqaruv hujjatlar ijrosini taʼminlaydi. Boshqarma tizimida hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish tartibini oʻrnatish, atrof muhit holatini aks ettiruvchi, oʻzida axborot resurslarini nazarda tutuvchi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritishni tashkil etadi. Boshqarma tarkibidagi inspeksiya, boʻlimlar,markaz va korxonalar bilan samarali hamkorlikni tashkil qilish, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarni ishlab chiqish, boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi konsepsiya va boshqa majmuaviy hujjatlarni ishlab chiqish masalalariga yoʻnaltirilgan. Quyidagilar boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi: Tahliliy faoliyat boʻyicha ishlarni rejalashtirish,tashkiliy-boshqaruv hujjatlar ijrosini taʼminlash; Qoʻmita tizimida hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish tartibini oʻrnatish; atrof muhit holatini aks ettiruvchi, oʻzida axborot resurslarini nazarda tutuvchi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritishni tashkil etish; Boshqarma faoliyatiga oid axborotlarni jamlash, tahlil qilish hamda tahlil natijalari asosida boshqarma rahbariyatiga vakolati doirasida takliflar tayyorlash; Boshqarmaning barcha faoliyat yoʻnalish yakunlari boʻyicha (choraklik, yarim yillik, yillik) axborotlarni shuningdek,tuzilmaviy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan tegishli hisobotlarni qabul qilish,umumlashtirish va tahlil qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish; Boshqarmaning tuzilmaviy boʻlinmalari bilan samarali hamkorlikni tashkil qilish; atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi konsepsiya va boshqa majmuaviy hujjatlarni ishlab chiqish. Boshqarmaning joriy va istiqboldagi rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish atrof-muhit muhofazasi boʻyicha aniqlanagan ifloslantirganlik uchun toʻlovlarni hisoblanishi va yuritilshiini, jarimalarni hisobga olinishi va undirilishini, rejali va rejadan tashqari tekshirishlarni oʻtkazilishini tashkillash, byurtmalar berish, tekshirishlar hisobotini yuritish, statistik hisobotlarni xaqqoniyligini taʼminlash hamda tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi meʼyoriy uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlanish kabi ishlarni muvofiqlashtirish; Boshqarmaga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.